Telegram, lekinmaxfiyroq.

Telegram API asosidagi norasmiy klient. Telegram akkauntingiz bilan kirasiz, barcha chatlaringiz joyida.

0+maxfiylik va xavfsizlik funksiyasi
0+til
0so‘m to‘lamaysiz — ilova bepul

Boshqalarda yo‘q narsalar

Yoningizdagi begona ko‘zni sezadi

Chat ochiq turganda old kamera ekranga kim qarayotganini tekshiradi. Sizdan boshqa odam qarasa, chat darhol xiralashadi yoki qulflanadi.

  • Yuz ma’lumoti faqat telefonda, shifrlangan
  • Rasm saqlanmaydi, serverga hech narsa ketmaydi
  • Kamera tanimasa, zaxira parol bilan ochiladi
Begona odam qaraganda chat xiralashib qulflanadi
Begona ko‘zdan himoya sozlamalari
Yuz ro‘yxatdan o‘tdi
Maxfiylik va xavfsizlik sozlamalari
Do‘stlar xaritasi

Do‘stlaringiz qayerda — faqat ular ruxsat bersa

Uchrashuvga kelayotgan do‘stingiz qayerdaligini so‘rab o‘tirmaysiz. Bir-biringizni 3D xaritada jonli ko‘rasiz, joylashuvingiz esa siz tanlagan odamlardan boshqaga ko‘rinmaydi.

  1. 01

    So‘rov yuboring

    Chatdan yoki profildan do‘stingizga xaritaga taklif yuborasiz.

  2. 02

    U rozi bo‘lsa — ko‘rasiz

    Faqat ikkala tomon rozi bo‘lgandagina bir-biringiz xaritada paydo bo‘lasiz.

  3. 03

    Istalgan payt to‘xtating

    Bir bosishda pauza qilasiz yoki do‘stni xaritadan butunlay olib tashlaysiz.

  • Telefonda shifrlanadi
  • Faqat rozilik bilan
  • Bir bosishda pauza
U message do‘stlar xaritasi

Odatdagi Telegram, ustiga o‘nlab qo‘shimcha.

Ovozdan matnga, internetsiz

Ovozli xabarni eshitib bo‘lmaydigan joyda o‘qing. Model telefoningizda ishlaydi.

Har qanday video doira

Galereyadagi oddiy videoni dumaloq videoxabar qilib yuboring.

O‘chirilgan xabarlar qoladi

Suhbatdosh o‘chirsa ham, xabar va bir martalik rasm sizda saqlanadi.

Reklamasiz kanallar

Homiylik postlari bitta tugma bilan o‘chadi.

Skamdan himoya

Guruhdagi skam akkauntlar jim bo‘ladi, zararli APK fayllar o‘tmaydi.

O‘zbekcha va qaraqalpaqsha

Har bir tugma va sozlama tarjima qilingan. Yana 20 dan ortiq til bor.

O‘zbekchaQaraqalpaqshaРусскийEnglishTürkçeDeutschFrançaisEspañolالعربيةУкраїнська简体中文한국어

Avtojavob

Band bo‘lsangiz o‘zi javob beradi va o‘qilmagan xabarni eslatib turadi.

Bolalar va oila uchun xavfsiz

Himoya funksiyalari telefonning o‘zida ishlaydi: rasm, video va yuz ma’lumotlari hech qayerga yuborilmaydi.

Ota-ona nazorati

Bolaning telefonida foydalanish vaqti va ochiladigan chatlar cheklanadi. Sozlamalarni faqat ota-ona tasdig‘i bilan o‘zgartirish mumkin.

18+ kontent filtri

Pornografik va uyatsiz rasm, video va GIF’lar telefonning o‘zida aniqlanib xiralashtiriladi. Past, O‘rta va Yuqori daraja; rasmlar hech qayerga yuborilmaydi.

Taqiqlangan manbalar

Sud qarori bilan taqiqlangan kanal yoki guruhni ochishdan oldin ogohlantirish chiqadi.

Zararli fayllardan himoya

Firibgarlar chatda yuboradigan APK o‘rnatish fayllari ochilmaydi — telefoningizga zararli dastur tushmaydi.

Fishing havolalardan ogohlantirish

Matni bir saytni ko‘rsatib, boshqasiga olib boradigan havolalar ochilishidan oldin haqiqiy manzil ko‘rsatiladi.

Guruh spam himoyasi

Guruhlarda spam va reklama tarqatuvchilarning xabarlari avtomatik yashiriladi.

Notanishlardan himoya

Kontaktingizda bo‘lmagan, siz yozmagan odamlarning xabarlari alohida ro‘yxatga tushadi va bezovta qilmaydi.

Begona ko‘zdan himoya

Ekraningizga boshqa odam qarasa, chat xiralashadi yoki qulflanadi. Yuz ma’lumoti faqat telefonda, shifrlangan.

U message’da taqiqlanadi

Quyidagilar uchun akkaunt Telegram tomonidan cheklanishi yoki bloklanishi mumkin. Bolalarga oid holatlarda huquqni muhofaza qilish organlariga ham xabar bering (102).

Qanday xabar beriladi?

Chat yoki xabar menyusidagi «Shikoyat qilish» orqali — shikoyat Telegram moderatorlariga boradi. Savollar uchun ilovadagi rasmiy «U message» chatiga yozing.

  • Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik va bolalar ishtirokidagi har qanday jinsiy kontent
  • Pornografiya tarqatish
  • Terrorizm va ekstremizmni targ‘ib qilish
  • Zo‘ravonlikka va o‘z joniga qasd qilishga undash
  • Giyohvand modda va qurol savdosi
  • Firibgarlik, fishing va zararli dasturlar
  • Spam, soxta yutuq va moliyaviy piramidalar
  • Kamsitish, tahdid va ta’qib qilish
  • Boshqalarning shaxsiy ma’lumotlarini oshkor qilish
  • Mualliflik huquqini buzish

Google Play

Google Play’ning kontent, bolalar xavfsizligi va ma’lumotlar xavfsizligi talablariga amal qiladi.

App Store

App Store qoidalariga amal qiladi: nomaqbul kontent filtri, shikoyat qilish va bloklash imkoniyati.

Telegram qoidalari

Rasmiy Telegram API orqali ishlaydi va Telegram foydalanish shartlariga amal qiladi.

O‘zbekiston qonunlari

Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunga amal qiladi: biz shaxsiy ma’lumot yig‘maymiz va saqlamaymiz.

Ma’lumotlaringiz sizniki

Xabarlar telefon va Telegram serverlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuboriladi. U message ularni ko‘rmaydi.

Boshqalardan farqimiz

BoshqalarU message
Barcha chat, guruh va kanallar
Arvoh rejimi-
O‘chirilgan xabarlarni saqlash-
PIN bilan yashirin chatlar-
Privacy Guard-
Oflayn o‘zbekcha ovozdan matnga-
Anonim hikoya ko‘rishPremiumBepul
Homiylik reklamasini o‘chirishPremiumBepul

Qisqa ism va Premium nishon

U message foydalanuvchilari bir-birini qisqa ism@u username bilan topadi. 5 va undan ko‘p harfli ismni o‘zingiz tanlaysiz, 1-4 harflilar alohida beriladi.

javohir@uaziza@uu@u
U message profili, ism@u va Premium nishon

Savollar

Javob topmasangiz, ilovadagi «U message» rasmiy chatiga yozing.

Telegram API asosida ishlaydigan norasmiy (uchinchi tomon) klient. U Telegram ekotizimining bir qismi, lekin Telegram’ning rasmiy ilovasi emas va Telegram FZ-LLC bilan bog‘liq emas. Barcha Telegram chatlaringiz ochiladi.

Chatlaringiz sizni kutyapti

Telegram raqamingiz bilan kiring. Bir daqiqa ham ketmaydi.